TA’LIM VA ILM-FAN RIVOJI YURT TARAQQIYOTIGA XIZMAT QILADI

Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni loyihasi muhokamasi bo’yicha viloyatda amalga oshirilishi zarur bo’lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Ushbu Farmon ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirish, jamiyatimizda ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo’lgan hurmat-e’tiborni oshirish, o’g’il-qizlarimizning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta’lim tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirishdek ezgu maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Sessiyada bu borada amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Sherzod Dolimov, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Azizbek Abdullayev, Farg’ona davlat universiteti rektori Ravshanjon Maqsudovning ma’ruzasi tinglandi.

Kun tartibidagi masala bo’yicha muzokaralarda viloyat hokimi Xayrullo Bozarov, Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari Mahmud Parpiyev so’zga chiqdi.

Shuningdek, sessiya ishida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun Farmon loyihasiga qo’shimcha takliflar tayyorlandi.

Viloyatda ta’lim tizimini takomillashtirish bo’yicha muayyan ishlar olib borilyapti. Xalk ta’limi bo’limi mudirlariga hokimlarning ta’lim sohasi bo’yicha maslahatchisi maqomi berilmokda. Ularga mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan xizmat avtomashinasi, bundan tashqari hokimliklar ma’muriy binosidan xizmat xonalari ajratilib, hozirgi kunda zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, viloyatda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida “yo’l xaritasi” ishlab chiqildi.

Sessiyada ko’rilgan masala yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Farg’ona viloyati hokimligi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content