QONUN LOYIHASI MUHOKAMA ETILDI

Viloyat hokimligi majlislar zalida senatorlar, deputatlar, moliya, soliq idoralari rahbarlari va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida “2021 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida”gi qonuni loyihasi muhokamasiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Onlayn shaklda o’tkazilgan yig’ilishda hududiy studiyalar orqali tuman kengashlari deputatlari, hokimlarning birinchi o’rinbosarlari, davlat soliq inspektsiyalari, moliya bo’limlari rahbarlari ishtirok etdi.

Anjumanda Moliya vazirining o’rinbosari Axadbek Haydarov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni bosh maslahatchisi Saxobiddin Arziqulov, viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshlig’i Vosiljon Nazarovning ma’ruzalari tinglandi.

Ta’kidlandiki, Qonun loyihasiga asosan 2021 yil uchun Farg’ona viloyati mahalliy byudjeti harajatlari 3 trillion 806 mlrd.so’mni tashkil etishi kutilmoqda.

Maktabgacha ta’lim sohasiga 264,3 mlrd. so’m, xalq ta’limi sohasiga 348,9 mlrd so’m, sog’liqni saqlash tizimiga 1 trln 616 mlrd.so’m, aholining ehtiyojmand qatlamini qo’llab-quvvatlashga 475,2 mlrd.so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2021 yil uchun davlat byudjeti shaffofligini yanada oshirish, taqsimot va sarf-harajatlar jarayonida jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish maqsad qilingan.

Farg’ona viloyati hududiy byudjet taqsimlovchilari ham o’z dasturlari asosida shakllanadigan mablag’larini 2021 yil uchun xalq deputatlari kengashlari qarorlarida alohida qatorlarda ko’rsatishlari lozim bo’ladi.

Yig’ilish so’nggida viloyat kengashi deputatlari fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib o’tishdi.

Farg’ona viloyati hokimligi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content