Qadrli vatan himoyachilari!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Siz va oila aʼzolaringizni, yaqinlaringizni butun xalqimiz tomonidan keng nishonlanayotgan sharafli bayramingiz bilan qutlaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilaymiz.