“Mahallabay” ishlash tizimi amaliyotga joriy etilmoqda.

 Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning joriy yil
4-5 fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashriflari davomida Farg‘ona viloyati misolida “Mahallabay”  ishlash tizimi bо‘yicha aniq kо‘rsatma va topshiriqlar berdilar.

Mazkur tizim bilan joylarda kambag‘allikni qisqartirish bо‘yicha “motivatsiya, kо‘nikma va moliyaviy kо‘mak” tamoyili asosida har bir mahalla kesimida ishni tashkil qilib, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, xududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bо‘yicha ajratilayotgan kredit mablag‘larining natijadorligini baholash, ularning о‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘yicha iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi boshqarma, tashkilot, idora va hо‘jalik birlashmalari faoliyatini “mahallabay” tashkil etgan holda joylarda aholini qiynayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etishda о‘zaro hamkorlikni yо‘lga qо‘yish belgilab berilgan.

Bu  orqali yurtimizdagi har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mahallaning “о‘sish nuqta”larini aniqlash imkoni yaratiladi. Shu asosda har bir mahallaning о‘ziga xos hayot tarzidan kelib chiqib, hududlarni rivojlantirish dasturlari va kambag‘allikni qisqartirish rejalari ishlab chiqiladi.

Bugun “Mahallabay” ishlash tizimida viloyatda, yangi tajriba yaratilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish, aholini daromad topishiga kо‘maklashish choralari kо‘rilmoqda.

Ushbu ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida joriy yilning
 8 fevral kuni viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi о‘rinbosari Y.Xusainov rahbarligida Quvasoy shahar, Yozyovon, Qо‘shtepa, Toshloq  tumanlarida “Mahallabay” ishlash tizimini yо‘lga qо‘yishni tashkil etish tо‘g‘risida” о‘quv seminar tashkil etildi.

Tadbirda sektor rahbarlari, tuman va shahar hokimlarining birinchi о‘rinbosarlari, iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi tashkilot rahbarlari, joylardagi tijorat banklari filiallari rahbarlari va mahallalarga biriktirilgan mas’ul bank xodimlari ishtirok etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content