FARG’ONADA KISLOROD KONTSENTRATORI ISHLAB CHIQARILMOQDA

Koronavirus pandemiyasi davrida kislorod kontsentratorlariga bo’lgan talab ortdi. Mazkur tibbiy jihoz mamlakatimizda ishlab chiqarilmasligi bois, Prezidentimiz va respublika hukumati topshirig’iga asosan, uni chet davlatlardan, asosan Xitoydan O’zbekistonga imkon qadar qisqa muddatda olib kelish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko’rildi. Shu jumladan, Farg’ona viloyatiga 500 dona kislorod kontsentratori olib kelinib, tibbiyot muassasalariga taqsimlandi.
Kislorod kontsentratori koronavirus bilan kasallangan bemorlarni og’ir ahvolda davolashda yordam beradi. Zotiljam (pnevmoniya) kasalligi ham jiddiy asoratlar keltirib chiqaradi va bemorning nafas olishi qiyinlashadi. Qondagi kislorod miqdorini barqarorlashtirishda sun’iy nafas olish apparati zarur bo’ladi. Kislorod kontsentratoriga talabning ortib borayotgani uni o’zimizda ishlab chiqarishni taqozo etdi.
Farg’ona viloyati hokimining tashabbusi bilan “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida kislorod kontsentratorini ishlab chiqarish loyihasini imkon qadar tezroq amalga oshirishga kirishildi. Bu mas’uliyatli loyiha ishlari tadbirkor Shavkatjon Hamzayev ta’sischisi bo’lgan “Greyt Qo’qon” MChJ tomonidan olib borildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content